|
Hurmatli tadbirkorlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 dekabrdagi PQ-531-sonli qarorining 6 bandiga asosan, 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab, YEVRO-2 va undan kam bo‘lgan ekologik darajadagi "M2", "M3" va "N2" toifalardagi avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi xududiga kiritilishi taqiqlanadi.
2010 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar raqami (TR TIF) 8703 va 8705 kodlariga to‘hri keladigan maxsus transport vositalaridan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jixozlangan "YEVRO-3" ekologik darajadan kam bo‘lmagan me’yorlariga muvofiq bo‘lgan "M2", "M3" va "N2" toifalaridagi yangi avtotransport vositalariga ekologik sertifikatlashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi xududiga kiritilishini bildiramiz.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasi xuzuridagi
"Boshdavekosertifikat" bosh boshqarmasi.
Murjaat uchun telefonlar: 239-42-56, 239-13-69, 239-14-39
|